Texno Blog v2.0

Terminalda 'shanbalik': Linux'ni ortiqcha yuklardan tozalaymiz

Ho'sh, bu maqolani o'qiyotgan ekansiz, demak siz Linux dunyosiga qadam qo'ygansiz. To'g'ri tanlov! 😉

Lekin Linux ham xuddi uyimizdek gap: vaqti-vaqti bilan changlarni artib, keraksiz narsalarni tashlab yubormasak, "nafas olishi" qiyinlashib qoladi.

Bugun Linux OS'dagi ishlatilmayotgan paketlarni va terminal tarixini bitta supurib tashlaymiz. Qani, kettik!

MEME: sudo apt remove sudo (I used the sudo to destroy the sudo)

Ehtiyot bo'ling: Yuqoridagi rasmdagi sudo apt remove sudo kodini yozib ko'rmang, aylanay! Bu xuddi o'tirgan shoxini chopishdek gap. 😂


  1. Avtomatik Tozalash: Keraksiz Bog'liqliklar bilan Xayrlashamiz

Ba'zida bir dasturni o'rnatsangiz, u o'zi bilan birga ko'p "yuk" (dependency) yetaklab keladi. Dasturni o'chirganingizda esa u yuklar qolib ketaveradi.

Shunchaki tozalash: bash sudo apt autoremove Agar barcha sozlamalari (config) bilan qo'shib yo'q qilmoqchi bo'lsangiz: bash sudo apt autoremove --purge

  1. APT Cache: Joyni Bo'shatamiz

Siz yuklab olgan har bir dasturning .deb fayli keshda saqlanib qoladi. Ularni o'chirib, diskda ancha joy ochish mumkin:

bash sudo apt clean

  1. Snap va Flatpak: "Semirib" Ketgan Paketlar

Agar sizda Snap yoki Flatpak paketlari bo'lsa, ular eski versiyalarini saqlab yurishni yaxshi ko'radi.

Snap'ni tartibga solamiz: bash sudo snap set system refresh.retain=2 Flatpak ishlatilmayotgan narsalarni o'chirish: bash flatpak uninstall --unused

  1. Terminal Tarixini Tozalash

Terminalda nimalar yozganingizni ko'rmoqchi bo'lsangiz history deb yozasiz. Agar bu "izlarni" o'chirmoqchi bo' lsangiz:

bash history -c


"Uka" Script: Hammasini bitta buyruq bilan bajarish!

Buncha kodni har safar yozish zerikarli, to'g'rimi? Keling, sizga bir marta aytganingizda hamma yoqni chinnidek qilib beradigan "Clean-script" yaratamiz. Uni xuddi xizmatkor "uka"dek ishlatamiz. 😄

Scriptni yaratish bosqichlari:

  1. Terminalda fayl ochamiz:
nano safe-clean.sh
  1. Ichiga quyidagi sehrli kodni nusxalab (copy-paste) oling:
#!/bin/bash

echo "------------------------------------------"
echo "       Ubuntu/Linux Tozalash Scripti      "
echo "------------------------------------------"

if [ "$EUID" -ne 0 ]; then
  echo "Iltimos, bu 'uka'ni sudo bilan chaqiring: sudo ./safe-clean.sh"
  exit 1
fi

echo "-> APT kesh va eski paketlar ketdi..."
apt clean
apt autoremove --purge -y

echo "-> Chala qolgan configlar tozalanmoqda..."
dpkg -l | awk '/^rc/ {print $2}' | xargs -r dpkg --purge

if command -v snap &> /dev/null; then
  echo "-> Snap revisionlari kamaytirilmoqda..."
  snap set system refresh.retain=2
fi

echo "Tamom! Diskda mana shuncha joy bor hozir:"
df -h /
  1. Saqlash: CTRL + O -> ENTER, chiqish: CTRL + X.

Uni Qanday Ishlatamiz?

Avval unga "ishlashga ruxsat" beramiz:

chmod +x safe-clean.sh

Endi uni ishga tushirsak bo'ladi:

sudo ./safe-clean.sh

Professional Daraja: O'z Buyrug'ingizni Yarating!

Keling, ishimizni yanada osonlashtiramiz. clear deb yozsak ekran tozalanadi-ku, to'g'rimi? Biz ham shunday qilaylikki, sudo safe-clean deb yozsak, butun sistema tozalanib ketsin!

Buning uchun tayyor scriptimizni tizim buyruqlari saqlanadigan joyga ko'chiramiz:

sudo mv safe-clean.sh /usr/local/bin/safe-clean

Bo'ldi! Endi istalgan vaqtda terminalga shunchaki quyidagini yozing:

sudo safe-clean

Bir qator kod bilan hammasi hal! Birgalikda Linuxni o'rganish ancha qiziq, birodar. 😉

Ko'rishguncha!

Shiorimiz: O'rganishda davom etamiz! (Keep learning)


Ushbu maqola foydali bo'lgan bo'lsa, Linux ishlatadigan do'stingizga ham ulashing!

Back to posts