Texno Blog v2.0

Windows 11'ni BEPUL Faollashtirish

Title: Windows 11'ni BEPUL Faollashtirish: Hayotni Osonlashtiramiz! Date: 2025-12-06

Eslatma: Bu maqola do'stona maslahat, rasmiy yo'riqnoma emas. Agar budjet bo'lsa, rasmiy litsenziya sotib olish har doim eng yaxshi yo'l!

Ho'sh, agar siz bu yerda bo'lsangiz demak, kompyuteringiz ish stolining o'ng pastki burchagida o'sha mashhur bezor qiluvchi "do'stingiz" yashayapti: Windows not activate photo Va u sizni hech qachon tark etmaydi! Hatto muhim ish qilayotganingizda ham yuzingizga qarab kuladi.

Bugun biz bu masalani shunday hal qilamizki o'sha yozuv bir umrga dam oladi. Keling Windows'ni tekinga "uyg'otamiz"! 🙂

Yana bir kichik Eslatma: Tekin deb beriladigan narsalar ko'pincha "shartli tekin" bo'ladi. Biz KMS (Key Management Service) usulidan foydalanamiz. Bu asosan Microsoft'ning korporativ mijozlar uchun mo'ljallangan faollashtirish usulini "o'z yo'limizda" ishlatish degani.


1-qadam: KMS kalitini o'rnatish(Sirli kodni kiritish)

Hammasini hal qiluvchi Command Prompt (CMD)'ni chaqiramiz. U bizning sehrli tayoqchamiz bo'ladi.

CMD'ni Admin sifatida ishga tushirish

Quyidagi rasmga qarang, "Pusk" (Start) tugmasini o'ng tugma bilan bosib, "Terminal (Admin)" yoki "Command Prompt ( Admin)"ni tanlaymiz.

windows 11 CMD Administrator

Diqqat: Oddiy CMD emas, aynan Admin huquqi bilan ishga tushirish kerak. Aks holda kodlarimiz ishlamaydi va u yuzingizga "Qo'lingdan kelmaydi birodar" degan yozuvni otadi. 😁

Sehrli Kalitni Kiritish

Qora ekranga endi buyruqlar yozishni boshlaymiz. Xotirjam bo'ling bu shunchaki copy-paste ishi.

  1. Avval umumiy buyruq:
slmgr /ipk yourlicensekey 
  1. Endi yourlicensekey o'rniga sizning Windows turi (Professional, Education, Enterprise) mos keladigan kalitni tanlab olamiz. Qarang jadvalga:
Windows Edition KMS Mijoz Kaliti
Professional W269N-WFGWX-YVC9B-4J6C9-T83GX
Professional N MH37W-N47XK-V7XM9-C7227-GCQG9
Education NW6C2-QMPVW-D7KKK-3GKT6-VCFB2
Education N 2WH4N-8QGBV-H22JP-CT43Q-MDWWJ
Enterprise NPPR9-FWDCX-D2C8J-H872K-2YT43
Enterprise N DPH2V-TTNVB-4X9Q3-TJR4H-KHJW4
  1. Masalan, sizda Professional bo'lsa, quyidagini kiriting va Enter bosing:

Yuqoridagi buyruqni ishga tushirish

Ekranda xabar paydo bo'ladi: Installed product key ... successfully.

Enterdan keyingi holat

🔥 Xotirjam bo'ling, birodar! successfully degani hamma narsa yaxshi ketyapti degani. Birinchi bosqichdan o'tdik.

2-Qadam: KMS Server Manzilini Sozlash

Endi biz Windows'ga, bu kalitni qayerda tekshirish kerakligini aytishimiz kerak. KMS serveriga ulanish vaqti!

Serverga Ulanish Buyrug'i

Quyidagi oddiy buyruqni CMD'ga yozing:

slmgr /skms kms8.msguides.com

Yuqoridagi buyruqni ishga tushirish

Enter tugmasini bosing. Yana bir successfully xabari chiqadi va yana bir bor muvaffaqiyat.

3-Qadam: Windows'ni Faollashtirish. Marraning O'zi!

Nihoyat, finalga yetib keldik. Shu buyruq bizni bezor qilgan yozuvdan xalos etadi!

Faollashtirish Buyrug'i

slmgr /ato buyrug'i yordamida Windows'ga "Harakatni boshla" deb buyuramiz:

slmgr /ato 

Enter bosing.

muvaffaqiyatli faollashtirish xabari

Agar siz "Product activated successfully" xabarini ko'rsangiz, Tabriklayman! Sizning Windows'ingiz endi rasman faollashdi (KMS usuli bilan albatta 😉).

⚠️ Agar chiqmasa...: O'sha mashhur motivatsiyani eslaymiz: " Again, again!" Oxirgi buyruqni ( slmgr /ato )

bir yoki ikki marta qayta kiriting. Ba'zan u tushunishi uchun bir oz vaqt kerak bo'ladi.


🥳 Tamom! Endi Hayot Go'zal!

Faollashtirish jarayoni yakunlandi! Endi ish stolingizga bemalol fon rasmi qo'yishingiz mumkin. O'sha g'ashga tegadigan yozuv yo'qoldi!

Mana bu muammodan qiynalayotgan do'stingiz uchun tayyor manba. Ulashish tugmasini bosib, ularga ham yordam bering.


(Maqola manbasi: Hassam Kazmi'ning maqolasi asosida tayyorlandi.)

Back to posts